Asosiy mazmunga o‘tish

      Soliq masalalarining murakkabligini samarali boshqarish

      Biznes va davlat o‘rtasida adolatli va muvozanatli munosabatlarni shakllantirishga ko‘maklashamiz
      KPMGning ekspertizasi siz va kompaniyangizga qanday yordam berishimumkinligini bilib oling

      Bugungi kunda soliq funksiyasi nima uchun strategik ahamiyatga ega?

      Zamonaviy biznes muhiti jadal o‘zgarib bormoqda — raqamlashtirish, hisobotlarning yangi shakllari, shaffoflikka qo‘yiladigan talablarning ortishi va risklarni boshqarishga qo‘yiladigan talablar shular jumlasidandir.

      Soliqlar biznes faoliyatining barcha jihatlariga — operatsion qarorlardan tortib kompaniyaning obro‘siga qadar — ta’sir ko‘rsatadi.

      Soliq funksiyasini strategik darajada boshqaradigan kompaniyalar nafaqat xarajatlarni kamaytirish, balki investorlar, tartibga soluvchi organlar va jamiyat ishonchini mustahkamlash orqali ham ustunlikka ega bo‘ladilar.

      Biz kompaniyalarga qonunchilik talablarini biznes maqsadlari bilan uyg‘unlashtiradigan va barqaror o‘sish uchun mustahkam zamin yaratadigan soliq strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashamiz.



      Bizning yondashuvimiz

      Biz xalqaro tajribani mahalliy qonunchilikni chuqur tushunish bilan uyg‘unlashtirib, muvozanatli soliq yechimlarini ishlab chiqamiz.

      Tavsiyalarimiz amaliy tajribaga asoslangan bo‘lib, samaradorlikni oshirish, risklarni kamaytirish va barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan.


      Qachon bizga murojaat qilish kerak?

      done_all

      Soliq risklarining oldini olish yoki hisobotdagi xatolarni tuzatish uchun

      insert_chart_outlined

      Tekshiruvlar yoki tartibga soluvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlardan oldin

      equalizer

      Bitimni rejalashtirish, qayta tashkil etish yoki yangi bozorlarga chiqish jarayonida

      track_changes

      Buxgalteriya hisobini qonunchilikdagi yoki biznes modelidagi o‘zgarishlarga moslashtirish uchun


      Mijozlarimiz qanday natijalarga erishadilar?

      • Soliq majburiyatlarini tahlil qilish va ularni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar
      • Hisob jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish
      • Tekshiruvlar va soliq nizolari jarayonida ko‘maklashish
      • Bitimlar va qayta tashkil etish jarayonlarini kompleks qo‘llab-quvvatlash
      • Turli mamlakatlar va yurisdiksiyalarda barqaror faoliyat yuritish uchun yechimlar


      Xizmatlarimiz

      KPMG mutaxassislari soliq funksiyangizni transformatsiya qilishga qanday yordam berishi mumkinligini bilib oling.


      Soliqlar bo‘yicha Digital Gateway

      Soliq funksiyasi rahbarlariga ko‘maklashish uchun yagona raqamli platforma yechimi.



      Qo‘shimcha ma’lumotlar

      Global o‘zgarishlar va raqamli transformatsiya sharoitida yangi vaziyatlarga moslashish

      Soliq siyosati, sun’iy intellekt va iste’dodlar


      Kontaktlar

      Kakha Rukhadze

      Head of Tax & Legal

      KPMG Caucasus and Central Asia

      Sardor Shermatov

      Director, Head of Tax & Legal

      KPMG Uzbekistan