KPMGning asosiy funksional yo‘nalishlardagi tajribasi mijozlarga moliya, axborot texnologiyalari, logistika, inson resurslarini boshqarish, kommunikatsiyalar, ishlab chiqarish, savdo, marketing va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradi.
KPMG mutaxassislari boshqaruv konsaltingi bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Biz O‘zbekiston va xalqaro kompaniyalar bilan amalga oshirilgan loyihalardagi muvaffaqiyatli tajribamiz, KPMGning global ekspertizasi hamda turli tarmoqlarda qo‘llaniladigan xalqaro ilg‘or amaliyotlardan foydalanamiz. Jumladan, neft va gaz, chakana savdo, metallurgiya va konchilik, iste’mol tovarlari hamda moliyaviy xizmatlar sohalarida loyihalarni mijozlarimizning kutilmalariga muvofiq yoki ulardan yuqori natijalar bilan samarali amalga oshirishga ko‘maklashamiz.