Asosiy mazmunga o‘tish

      KPMG ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida audit xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda

      KPMGning mustaqil auditi tartibga solish talablari va manfaatdor tomonlarning kutishlari tobora ortib borayotgan sharoitda moliyaviy axborotga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizning yondashuvimiz xalqaro standartlar, tarmoq bo‘yicha chuqur ekspertiza va zamonaviy texnologiyalarga asoslanadi.


      KPMGning ekspertizasi siz va kompaniyangizga qanday yordam berishimumkinligini bilib oling

      Xizmatlarimiz

      Hisobotlarni tayyorlash jarayonining tobora murakkablashuvi va tartibga solish talablarining kuchayishi moliyaviy va nomoliyaviy axborot sifatiga qo‘yiladigan talablarning ortishiga olib kelmoqda.

      KPMGning audit xizmatlari tashkilotlarga investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun hisobotlarning ishonchliligi, shaffofligi va haqqoniyligini oshirishga yordam beradi.

      Biz xalqaro standartlar, tarmoq bo‘yicha chuqur ekspertiza va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtirib, tartibga solish talablari va biznes muhiti tez o‘zgarayotgan sharoitda faoliyatingizni samarali yuritishingizga ko‘maklashamiz.

      placeholder

      Moliyaviy axborot auditi va unga turdosh xizmatlar

      Amaldagi standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi bo‘yicha mustaqil ishonchni ta’minlash xizmatlari.

      ESG va nomoliyaviy hisobotlarning ishonchliligini baholash

      Shaffoflikni oshirish va manfaatdor tomonlarning ishonchini mustahkamlash maqsadida ESG ma’lumotlarining ishonchliligini mustaqil baholash.


      Bizning yondashuvimiz

      Biz auditlarni xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazamiz hamda professional mulohaza, tarmoq bo‘yicha ekspertiza va ilg‘or raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtiramiz. Ushbu yondashuv yuqori sifatli auditlarni o‘tkazish, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va audit natijalariga bo‘lgan ishonchni oshirish imkonini beradi.


      Biz auditlarni Xalqaro audit standartlari (ISA) va IFRSning amaldagi talablariga muvofiq o‘tkazamiz. Bu moliyaviy hisobotlarning xalqaro darajada taqqoslanishi va tan olinishini ta’minlaydi. Natijada moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar shaffof va ishonchli moliyaviy axborotga tayanishlari mumkin.

      Loyihalarimiz doirasida KPMG global tarmog‘ining IFRS bo‘yicha ekspertizasidan, jumladan, KPMGning moliyaviy instrumentlar hisobi bo‘yicha global nashrlarini tayyorlashda ishtirok etgan mutaxassislar bilim va tajribasidan foydalanamiz. Ushbu mutaxassislar 20 dan ortiq yurisdiksiyada murakkab buxgalteriya hisobi masalalari bo‘yicha maslahat beradilar hamda mijozlarga murakkab texnik masalalarni hal etishda ko‘maklashadilar.

      Biz ma’lumotlar va asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish asosida uzluksiz audit va monitoring elementlarini qo‘llaymiz. Bunday yondashuv biznes jarayonlaridagi o‘zgarishlar va yuzaga kelayotgan risklarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.

      Ma’lumotlar tahlilidan foydalanish auditni risklarga yanada yo‘naltirish, xulosalarning dolzarbligini oshirish hamda an’anaviy tanlab tekshirish usullariga bog‘liqlikni kamaytirish imkonini beradi.

      KPMG Clara — ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt elementlarini birlashtirgan bulutli intellektual audit platformasidir. Platforma audit jarayonining shaffofligini oshiradi hamda mijozlarga loyihaning holati va asosiy bosqichlarini kuzatish imkonini beradi.

      KPMG Clara’dan foydalanish audit jarayonining samaradorligini oshiradi va uni risklarga yanada yo‘naltirilgan tarzda olib borish imkonini beradi. Bu auditorlarga muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratish va mijoz biznesini yanada chuqurroq tushunish imkonini beradi.



      O‘tkazilgan majburiy audit tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

      Mustaqil auditorlar hisoboti kapital bozorlarida qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

      Biz bilan bog‘laning

      Nodirbek Vakhidov

      Managing Partner

      KPMG Uzbekistan