KPMG — KPMG International Limited tarkibiga kiruvchi mustaqil a’zo firmalardan tashkil topgan global tarmoqdir. KPMG International Limited ishtirokchilarining javobgarligi ular tomonidan taqdim etilgan kafolatlar bilan cheklangan xususiy ingliz kompaniyasi hisoblanadi. KPMG International Limited va u bilan bog‘liq tashkilotlar mijozlarga xizmatlar ko‘rsatmaydi. Xizmatlar faqat a’zo firmalar tomonidan ular faoliyat yuritadigan tegishli geografik hududlarda ko‘rsatiladi.
Mazkur Saytda (bundan buyon — «Sayt») mavjud bo‘lgan va u orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar Saytning bosh sahifasida Sayt egasi sifatida ko‘rsatilgan KPMG tashkiloti (bundan buyon — «KPMG») tomonidan faqat tanishish maqsadida taqdim etiladi hamda foydalanuvchilarga qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan umumiy ma’lumotlarni berish uchun mo‘ljallangan.
Taqdim etilayotgan ma’lumotlar auditorlik, konsalting, soliq yoki boshqa professional tavsiyalar, maslahatlar yoki xizmatlarning o‘rnini bosish uchun mo‘ljallanmagan va ularning muqobili sifatida ko‘rib chiqilmasligi kerak. Tegishli xizmatlarni olish uchun siz auditorlik, konsalting, soliq yoki boshqa tegishli professional soha bo‘yicha KPMG mutaxassisiga murojaat qilishingiz lozim.
Qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilishi muayyan faktik holatlarga qarab farq qilishi mumkin. Elektron axborot almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari sababli KPMG Saytning ishlashi uzluksiz, o‘z vaqtida, xatosiz, to‘liq hamda viruslarni o‘z ichiga olgan zararli dasturiy ta’minotdan xoli bo‘lishini kafolatlamaydi va buni da’vo qilmaydi.
Shu munosabat bilan Saytdagi barcha ma’lumotlar hech qanday aniq yoki nazarda tutilgan kafolatlarsiz, jumladan, ma’lumotlarning ishonchliligi, dolzarbligi va to‘liqligi bo‘yicha kafolatlarsiz «mavjud holatida» («as is») tamoyili asosida taqdim etiladi.
Hech qanday holatda KPMG International Limited, u bilan bog‘liq tashkilotlar, KPMG global tarmog‘ining a’zo firmalari, shuningdek ularning hamkorlari, rahbarlari, vakillari, xodimlari yoki boshqa vakolatli shaxslari har qanday bevosita, bilvosita, tasodifiy, maxsus, jarima tariqasidagi, oqibatda yuzaga keladigan yoki boshqa zararlar, jumladan, foydalanish imkoniyatining yo‘qolishi, ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki boy berilgan foyda bilan bog‘liq zararlar uchun, bunday javobgarlikning yuzaga kelish asosidan, jumladan shartnoma, ehtiyotsizlik yoki fuqarolik-huquqiy javobgarlikning boshqa asoslaridan qat’i nazar, agar bunday zararlar Saytdan, unda joylashtirilgan yoki undan foydalanish orqali olingan kontentdan foydalanish, shuningdek bunday kontentni nusxalash, namoyish etish yoki boshqacha tarzda foydalanish natijasida yoki ular bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.
Sayt mazmuni, jumladan, unda joylashtirilgan yoki tavsiflangan har qanday konsepsiyalar, g‘oyalar, usullar, tartib-taomillar, jarayonlar, nou-xau, texnologiyalar, dasturiy ta’minot, nashrlar, modellar, shablonlar, dizayn ishlanmalari, grafik materiallar, san’at asarlari va boshqa ma’lumotlar (bundan buyon birgalikda — «Materiallar») KPMG International Limited, u bilan bog‘liq tashkilotlar, KPMG global tarmog‘ining a’zo firmalari yoki uchinchi shaxslarga tegishli intellektual mulk va boshqa mutlaq huquqlarning obyekti bo‘lishi mumkin.
Materiallardan har qanday ruxsatsiz foydalanish mualliflik huquqi, tovar belgilari, intellektual mulk va boshqa qo‘llaniladigan huquq normalari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Foydalanuvchilarga Sayt kontentini, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda havolalarni joylashtirish orqali chop etish va tarqatishga quyidagi shartlarga rioya etilgan holda ruxsat beriladi:
- kontentdan faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalaniladi;
- mualliflik huquqi, tovar belgilari va boshqa huquq egalari huquqlariga oid barcha bildirishnomalar saqlab qolinadi;
- kontent KPMG International, u bilan bog‘liq tashkilotlar yoki KPMGning har qanday a’zo firmasi tomonidan biror tashkilot, uning tovarlari yoki xizmatlari tavsiya etilgani, ma’qullangani yoki qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida taassurot uyg‘otishi yoki shuni nazarda tutishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlatilmaydi.
Tegishli huquq egasining oldindan yozma ruxsatisiz Materiallarni o‘zgartirish, takror ishlab chiqarish, omma oldida namoyish etish, tarqatish, ular asosida hosila asarlar yaratish yoki ulardan tijorat yoki boshqa ommaviy maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Foydalanuvchi huquq egasining zarur yozma ruxsatini olmagan hollarda Materiallardan foydalanish oqibatlari uchun KPMG javobgar bo‘lmaydi.
Sayt Materiallari, ulardagi ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq metama’lumotlardan KPMGning oldindan yozma roziligisiz ma’lumotlar to‘plamlari, ma’lumotlar bazalari, o‘qitish tanlamalari yoki boshqa axborot massivlarini yaratish, to‘ldirish, takomillashtirish, sinovdan o‘tkazish yoki shakllantirish uchun to‘liq yoki qisman foydalanish mumkin emas.
Materiallar, ma’lumotlar yoki ular bilan bog‘liq metama’lumotlardan mashinaviy o‘qitish yoki sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish maqsadlarida, jumladan, o‘qitish, qo‘shimcha o‘qitish, modellarni sozlash (fine-tuning), sinovdan o‘tkazish, baholash, hisoblashlarni bajarish (inference) va natijalarni yaratish uchun har qanday foydalanish KPMGning oldindan yozma roziligisiz qat’iyan taqiqlanadi.
KPMGning oldindan yozma roziligisiz ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish dasturlaridan, jumladan, skreperlar (scrapers), robotlar (robots), botlar (bots), qidiruv o‘rgimchaklari (spiders), ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish vositalari (data mining tools), avtomatlashtirilgan skriptlar va Saytga avtomatlashtirilgan kirishning boshqa vositalaridan ma’lumotlarni olish, nusxalash, indeksatsiya qilish, monitoring qilish yoki yig‘ish, shuningdek kirishni nazorat qilishning texnik vositalarini chetlab o‘tish maqsadida foydalanish ham taqiqlanadi.
KPMG nomi va KPMG logotipi KPMG International va/yoki u bilan bog‘liq tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari yoki tovar belgilari hisoblanadi. Saytda tilga olingan boshqa mahsulot va xizmatlar nomlari ham KPMG International, u bilan bog‘liq tashkilotlar, KPMG global tarmog‘ining a’zo firmalari yoki ularning affillangan shaxslarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari bo‘lishi mumkin.
Mazkur tovar belgilaridan faqat oldindan yozma ruxsat va KPMG International, u bilan bog‘liq tashkilot yoki KPMG a’zo firmasi bilan tuzilgan tegishli litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga ruxsat etiladi. KPMG tovar belgilaridan har qanday ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi va qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsatni olish uchun Sayt administratoriga murojaat qilish yoki «Biz bilan bog‘laning» bo‘limidan foydalanish lozim.
Uchinchi shaxslarning internet-resurslariga havolalar faqat foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida taqdim etiladi. KPMG bunday resurslarni nazorat qilmaydi hamda ularning mazmuni, mavjudligi va ulardan foydalanish oqibatlari uchun javobgar emas.
O‘zining ishchanlik obro‘si va tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish maqsadida KPMG Saytga olib boruvchi har qanday havolalarni olib tashlashni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Quyidagi turdagi havolalar taqiqlanadi:
- KPMG logotipidan ruxsatsiz foydalanishni nazarda tutuvchi havolalar;
- Saytning haqiqiy URL-manzilini yashiradigan va/yoki bosh sahifani yoxud mualliflik huquqi to‘g‘risidagi bildirishnomalar, huquqiy ogohlantirishlar va qo‘llaniladigan siyosatlar qoidalarini o‘z ichiga olgan sahifalarni chetlab o‘tishni ta’minlaydigan havolalar.
«KPMG», «biz», «bizni» va «bizning» atamalari deganda KPMG global tashkiloti yoki KPMG International Limited («KPMG International»)ning bir yoki bir nechta a’zo firmalari tushuniladi, ularning har biri mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
KPMG International Limited ishtirokchilarining javobgarligi taqdim etilgan kafolatlar bilan cheklangan xususiy ingliz kompaniyasi (company limited by guarantee) hisoblanadi va mijozlarga xizmatlar ko‘rsatmaydi.
KPMGning hech bir a’zo firmasi uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda KPMG International yoki KPMGning boshqa biron-bir a’zo firmasi nomidan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga vakolatli emas. Xuddi shuningdek, KPMG International KPMGning biron-bir a’zo firmasi nomidan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish yoki bunday firmani biror-bir majburiyatlar bilan bog‘lash vakolatiga ega emas.