Asosiy mazmunga o‘tish

      KPMG foydalanuvchilarning aksariyati uchun foydalanish qulay bo‘lgan veb-sayt yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Mazkur sahifada saytimizni ko‘rish va undan foydalanish uchun siz foydalanishingiz mumkin bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyatlar tavsiflangan.

      Brauzer

      Mazkur veb-sayt eng ko‘p qo‘llaniladigan brauzerlarning aksariyatini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, u Microsoft Internet Explorer brauzerida eng yaxshi ishlaydi. Ayrim brauzer versiyalarida veb-saytlar tezroq ishlashini yodda tuting. Agar sayt sekin yuklanayotgan bo‘lsa, brauzeringiz versiyasi eskirgan bo‘lishi mumkin va uni yangilashingiz talab etiladi.

      Ekran aniqligi

      Veb-sayt ekranining minimal aniqligi 1024x768 bo‘lganda ishlaydi. Agar ekraningiz sozlamalari ko‘rsatilgan qiymatlardan past bo‘lsa, sahifalar foydalanayotgan brauzeringiz oynasiga to‘liq sig‘maydi va siz aylantirish panelidan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi.

      Tasvirlar

      Ushbu saytda joylashtirilgan barcha tasvirlar ALT atributida tavsifga ega. Mazmuniy ahamiyatga ega bo‘lmagan tasvirlar bo‘sh ALT atributiga ega bo‘lib, shu sababli ular ekranni o‘qish dasturlarida aks ettirilmaydi. Agar tasvirlarda, masalan, grafiklar va diagrammalarda muhim ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, muqobil ma’lumotlar tavsiflovchi matn ko‘rinishida taqdim etiladi.

      Audiofayllar

      KPMG podkastlarini tinglash uchun sizga media pleyer (masalan, Windows Media Player, RealPlayer yoki iTunes) kerak bo‘ladi. Odatda bunday media pleyerlar ishlab chiquvchilarning veb-saytlarida joylashtiriladi va ularni bepul yuklab olish mumkin.

      Multimedia

      Ushbu saytdagi multimedia taqdimotlari yoki videokliplarni ko‘rish uchun sizga Adobe Flash Player (8 yoki undan yuqori versiyasi) kerak bo‘ladi. Barcha multimedia kontenti matnli formatda muqobil tarzda taqdim etiladi. Adobe Flash Player dasturining so‘nggi versiyasini ishlab chiquvchining veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.

      Navigatsiya

      Barcha sahifalarda bosh sahifaga, sayt xaritasiga va qidiruv satriga havolalar mavjud. Navigatsiya tizimi foydalanuvchilar saytning bir bo‘limidan boshqasiga osonlik bilan o‘tishlari mumkin bo‘ladigan tarzda ishlab chiqilgan.

      Pdf formatidagi hujjatlarni ko‘rish

      .pdf formatidagi hujjatlarni ko‘rishda ekranni o‘qish dasturlaridan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotni Adobe Accessibility website. saytida olishingiz mumkin.

      JavaScript tili

      Mazkur saytda JavaScript tilidan foydalaniladi, biroq tashrif buyuruvchilarning brauzeri uni qo‘llab-quvvatlamagan taqdirda ham saytning navigatsiya va qidiruv kabi funksiyalaridan har doim to‘liq foydalanish mumkin.

      Keyingi qo‘llab-quvvatlash

      Agar sizda biron-bir savol tug‘ilsa yoki veb-saytimizning ishlashi bo‘yicha o‘z fikringizni bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, elektron shaklni to‘ldirib, uni bizga yuboring.