Asosiy mazmunga o‘tish

      Moliyaviy sektor inqirozdan keyingi tiklanish jarayonini davom ettirar ekan, kun tartibida tartibga solish talablarining kuchayishi, biznesning strategik va operatsion modellarini baholash, moliyaviy risklarni boshqarish, mijozlar qoniqishini ta’minlash hamda xarajatlarni kamaytirish kabi masalalar muhim o‘rin tutmoqda.

      Texnologiyalarning jadal rivojlanishi, jumladan, asosiy axborot tizimlari, mobil platformalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng qo‘llanilishi, shuningdek, an’anaviy bo‘lmagan moliyaviy xizmatlar bozoriga yangi ishtirokchilarning kirib kelishi mijozlarga yanada ko‘proq e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Texnologiyalar bank, sug‘urta va investitsiyalarni boshqarish kompaniyalari faoliyatida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Tartibga solish talablari ham sektor rivojiga doimiy ta’sir ko‘rsatadi: bir tomondan, ular mijozlar va davlat uchun ishonch hamda shaffoflikni mustahkamlasa, boshqa tomondan, operatsion xarajatlarning oshishiga olib keladi.

      Biz mijozlarimizga tashqi muhitdagi asosiy omillar ta’siriga samarali javob qaytarishda ko‘maklashamiz. Buning uchun kelajakdagi muammolarni oldindan ko‘ra bilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beramiz.

      KPMGning ekspertizasi siz va kompaniyangizga qanday yordam berishimumkinligini bilib oling


      KPMG’ning O‘zbekistondagi moliyaviy xizmatlar yo‘nalishi sohaning barcha asosiy segmentlaridagi mijozlarga audit, soliq va maslahat xizmatlarini taqdim etadi:

      • Banklar
      • Sug‘urta
      • Investitsiyalarni boshqarish
      • Lizing
      • Nodavlat pensiya jamg‘armalari


      Dolzarb tahliliy materiallar

      CEOlar o‘sish borasida ishonchlarini saqlab qolmoqda, sun’iy intellektni joriy etishni jadallashtirib, kiberbarqarorlikni mustahkamlab va o‘zgarishlardan oldinda bo‘lish uchun ishchi kuchini qayta shakllantirmoqda.

      Bu haqda Source Global Research tahliliy guruhi o‘zining “Perceptions of Consulting in Financial Services 2025” nomli so‘nggi hisobotida ma’lum qildi.

      Moliyaviy sektordagi asosiy tendensiyalar


      Kontaktlar

      Nodirbek Vakhidov

      Managing Partner

      KPMG Uzbekistan

      Saltanat Sandykbayeva

      Partner, Deal Advisory

      KPMG Uzbekistan